» » Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat chegarasiga oid shartnoma imzolanadi

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat chegarasiga oid shartnoma imzolanadi


24-fevral – 1-mart kunlari Toshkent shahrida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

2018-yil 24-fevral kuni Farg‘ona shahrida imzolangan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Tojikiston hukumatlararo komissiyasi qo‘shma majlisi bayonnomasi ijrosi doirasida ishchi guruhlari tomonidan O‘zbekiston — Tojikiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi shartnoma loyihasiga ilovalar tayyorlandi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lajak davlat tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilmoqda.

“Muzokaralar konstruktiv muhitda, do‘stlik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tdi. Uchrashuv yakunida bayonnoma imzolandi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют