» » Bosh prokuratura: Fayziyev va Sunnatov ushlangan, Mirzayev haqidagi xabarlar esa haqiqatga muvofiq emas

Bosh prokuratura: Fayziyev va Sunnatov ushlangan, Mirzayev haqidagi xabarlar esa haqiqatga muvofiq emas


Ozbekiston Bosh prokuraturasi sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning ishi boyicha qolga olingan shaxslarga nisbatan tergov harakatlari haqida axborot berdi. Oz navbatida, bu ish boyicha avvalroq OAVda tarqatilgan bazi xabarlarga raddiya berdi.

Bir necha kun avval internetda Toshkent viloyatining sobiq bosh prokurorlari Jamshid Fayziyev va Ulugbek Sunnatov ushlangani, ular sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ishi boyicha tergov qilinayotgani haqida xabarlar paydo bolgandi. Bosh prokuratura bu xabarlarni tasdiqladi. Idora bayonotida bu haqda, jumladan, shunday deyiladi:

Tergov sirini oshkor etmagan va jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini buzmagan holda, Bosh prokuratura tomonidan qozgatilgan va tergov harakatlari otkazilayotgan jinoyat ishi doirasida Rashid Qodirov Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlanganligi haqida xabar berilgan edi. Hozirgi kunda jinoyat ishi boyicha bosh prokurorning sobiq orinbosarlari hamda Toshkent viloyatining sobiq prokurorlari Jamshid Fayziyev va Ulugbek Sunnatov ushlangan.

Bosh prokuraturaning qayd etishicha, qonunchilik talablariga muvofiq tergov organi dastlabki tergovni olib borish vaqtida jinoyat ishidagi barcha malumotlarni yoki uning muayyan qismidagi malumotlarni oshkor qilinmaydigan deb etirof etishga haqli.

Bu kabi axborotlarni elon qilish tezkor tadbirlar va dastlabki tergovga ziyon yetkazishi, aybdor shaxslarni oz vaqtida fosh etish va ushlashga tosqinlik qilishi mumkin... Mazkur jinoyat ishi boyicha tergov sirini tashkil qilmaydigan qoshimcha axborotlar vujudga kelishi barobarida Bosh prokuratura rasmiy saytida tegishli malumotlar chop etib borilishi malum qilinadi, deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Avvalroq internet-nashrlarda Toshkent shahri prokurorining sobiq birinchi orinbosari Miralam Mirzayev Rashid Qodirov ishi boyicha ushlangani haqida xabarlar berilgan edi. Bosh prokuratura esa Mirzayev sobiq bosh prokuror ishi boyicha ushlanmaganini malum qildi. Idora raddiyasida shunday deyiladi:

Internet tarmogida Ozbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qozgatilgan jinoyat ishi boyicha Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi orinbosari Miralam Mirzayev va uning oila azolari ushlanganligi togrisida xabar tarqatilgan. Bosh prokuratura ushbu malumot haqiqatga muvofiq emasligini malum qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-03-2018, 17:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -