» » Andijonda yuz bergan yong‘inda bir oilaning to‘rt a’zosi jabrlandi

Andijonda yuz bergan yong‘inda bir oilaning to‘rt a’zosi jabrlandi


Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda tabiiy gaz portlashi oqibatida bir oilaning bir necha a’zosi jarohat olganligi haqida xabar tarqaldi. O‘zA muxbiri voqea tafsilotlariga aniqlik kiritdi.

Viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, Andijon shahri, “Mehnat” mahalla fuqarolar yig‘ini, Turkiston ko‘chasida yashovchi Sherali Do‘smatov xonadonida qo‘lbola gaz so‘rgich moslamasi jo‘mragi to‘liq berkitilmaganligi natijasida xonada tabiiy gaz to‘planib, elektr chirog‘i yonishi bilan portlash sodir bo‘lgan.

Oqibatda xonadon sohibi, uning turmush o‘rtog‘i Gulmira Do‘smatova, farzandlari Shukurillo va Humoyun Do‘smatov turli darajada kuyish jarohati olib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bundan tashqari, xonadon katta miqdorda moddiy zarar ko‘rdi, butun mahallaning tinchi buzildi.

Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik-tushuntirish ishlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, ayrim fuqarolarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida joriy yilning o‘tgan davrida Andijon viloyatida 148 yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘inlar oqibatida 6 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi, 5 kishi jarohat oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют