» » “Navoiy” EIZda kompozit plita va arxitektura qurilmalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

“Navoiy” EIZda kompozit plita va arxitektura qurilmalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi


“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida turli yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Ulardan biri marmar, granit va kompozit tosh mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Gazgan Marble Group xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning innovatsion loyihasidir, deb xabar beradi O‘zA.

Loyiha “O‘zsanoatqurilishbank”ning 23 million dollar kredit ko‘magida amalga oshiriladi va Navoiy viloyatida eksportbop, import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.

Loyihaning afzallik tomonlari shundaki, dunyoda ushbu sohada yetakchi hisoblangan Italiyaning Breton S.P.A. kompaniyasi innovatsion texnologiyasi asosida tosh chiqindilaridan ekologiyaga zarar yetkazmaydigan kompozit tosh va arxitektura qurilmalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Buning natijasida Navoiy viloyatining 300 nafar yigit-qizi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan birga yiliga 300 ming kvadrat metr ichki va tashqi bozorda yuqori talabga ega zamonaviy bezaklovchi qurilish materiallari ishlab chiqaradigan innovatsion kompleks yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют