» » Polsha Ikkinchi jahon urushida Germaniya tomonidan yetkazilgan zarar miqdorini 850 mlrd dollarga baholadi

Polsha Ikkinchi jahon urushida Germaniya tomonidan yetkazilgan zarar miqdorini 850 mlrd dollarga baholadi


Polsha Germaniyadan reparatsiya sifatida 850 milliard dollar talab qilish niyatida, deya xabar bermoqda “Kommersant”. Polsha Seymining reparatsiyalar bo‘yicha komissiyasi rahbari Arkadiush Mulyarchik “Rp.pl” portaliga bergan intervyusida aynan shunday raqamni aytgan.

U bu raqamning “juda katta” ekanini tan olgan, biroq uning “asosli” ekanini ham ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu pul Polsha shahar va qishloqlari, iqtisodiy va sanoat infratuzilmalarini vayron qilish oqibatida yetkazilgan zarar, shuningdek, “boy berilgan demografik salohiyat” o‘rnini qoplashi kerak.

Polsha Ikkinchi jahon urushi davomida yetkazilgan zarar uchun qancha miqdorda tovon puli talab qilishi mumkinligi haqidagi batafsil hisobot Mulyarchik boshchiligidagi komissiya tomonidan 2018-yilda taqdim etishi kerak. Siyosiy arbobning qayd etishicha, bu hisobot urush yakuniga yetishi bilan muqobil hisobot asosida tayyorlanadi.

Ikkinchi jahon urushi davomida Polshaga nafaqat Germaniya tomonidan, balki Rossiya (sobiq SSSR) tomonidan ham katta zarar yetkazilgan. Biroq, Arkadiush Mulyarchikning qayd etishicha, Rossiyadan ko‘ra Germaniyadan kompensatsiya puli olish ehtimoli “haqiqatga yaqinroq”.

Polsha parlamentidagi Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun Germaniyadan reparatsiyalar undirish masalalari bo‘yicha komissiya o‘tgan yili tuzilgan edi. Komissiya oldiga Polshaga aynan qancha tovon puli to‘lanishi lozimligini hisoblab chiqish yuklatilgan.

2017-yilning avgust oyi oxirida Polsha bosh vaziri Beata Shidlo mamlakatga Ikkinchi jahon urushi davomida yetkazilgan zarar o‘rni qoplanmaganini e’lon qilgan edi. Bungacha esa Polsha mudofaa vaziri Antoniy Matserevich uning mamlakati Germaniya tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan reparatsiyalardan hech qachon voz kechmaganini ma’lum qilgan edi.

O‘z navbatida, Germaniya hukumati Polshaga kompensatsiya to‘lash masalasi mutlaq va qaytib ko‘tarilmaydigan tarzda yopiqligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют