» » KXDR AQSh bilan muzokaralarni boshlashi uchun qanday talablar bajarilishi kerakligini ma’lum qildi

KXDR AQSh bilan muzokaralarni boshlashi uchun qanday talablar bajarilishi kerakligini ma’lum qildi


KXDR faqat teng mavqeda va oldindan hech qanday shartlar qo‘ymasdan AQSh bilan muzokaralarga kirishishga tayyor. Bu haqda 3-mart, shanba kuni Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Muzokaralar o‘zaro manfaatlarga javob berish kerak, ular teng mavqeda va oldindan hech qanday shart qo‘ymay olib borilishi kerak”, — deyiladi KXDR tashqi siyosat idorasi bayonotida.

Avvalroq AQSh rasmiylari ikki mamlakat o‘rtasida muzokaralar boshlanishi uchun rasmiy Pxenyan o‘z yadroviy dasturidan voz kechishga tayyorligini namoyon etishi lozimligini, bu yagona shart ekanligini ta’kidlagandi.

2018-yil boshida Seul va Pxenyan munosabatlarida nisbatan iliqlashuv kuzatildi. Tomonlar KXDR san’atkorlari va sportchilari delegatsiyasini Pxyonchxandagi qishki Olimpiadaga yuborish borasida kelishuvga erishdi. O‘z navbatida, Seul va Vashington har yili o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlarni kechiktirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют