» » Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Jumladan, Yo‘riqnomaning 45-bandiga shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yohud qo‘rqitish natijasida qilgan bo‘lsa ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi to‘g‘risidagi band qo‘shildi.

Shuningdek, ushbu bandda ko‘rsatilgan Yo‘l harakati qoidalarining eski tahrirdagi bandi qoidalarning yangi tahrirdagi tegishli bandiga muvofiqlashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют