» » Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishni topshirdi

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishni topshirdi


Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning topshirig‘i bilan “Dostuk-avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish punktidagi vaziyat muhokama qilindi, deb xabar beradi mamlakat davlat chegara xizmati matbuot xizmati. Buning uchun Qirg‘iziston hukumatining O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili apparatida majlis tashkil qilindi va “Dostuk-avtoyo‘l” punkti ko‘zdan kechirildi.

Yig‘ilishda tegishli davlat organlari vakillari va idoralar rahbarlarining nazorat-o‘tkazish punktidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi axboroti tinglandi. Ushbu punktning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlar o‘tkazish haqida qarorlar qabul qilindi.

“Dostuk-avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish punktida shaxslar va transport vositalari juda ko‘p miqdorda to‘planib qolishi kuzatiladi, navbatlar har ikkala — Qirg‘iziston tomonida ham, O‘zbekiston tomonida ham qayd etiladi. O‘tkazish punktidan bir kecha-kunduzda 10 mingdan 12 ming nafargacha odam o‘tadi.

Qirg‘iziston prezidenti yuzaga kelgan vaziyatni o‘rganib chiqib, eng yaqin vaqt ichida punktning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish va qirg‘iz-o‘zbek chegarasini kesib o‘tish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rishni talab qildi. Xususan, oqimni ajratib, chegaradan yuksiz o‘tayotgan fuqarolar uchun alohida yo‘lak yaratish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют