» » Android P ning birinchi talqini mart oyining o‘rtasida paydo bo‘ladi

Android P ning birinchi talqini mart oyining o‘rtasida paydo bo‘ladi


Mashhur insider Evan Blassning Twitter’da ma’lum qilishicha, dasturchilar uchun Android P ning dastlabki talqini mart oyining o‘rtasida taqdim etiladi. Kompaniya yangi mobil tizimni sinov tartibida taqdim etish an’anasini saqlab qolmoqda, deb yozadi  Hi-tech Mail.Ru.

Dastlabki talqin yangi tizimning asosiy xususiyatlari haqida hikoya qiladi, biroq asosiy yangiliklar haqida Google I/O dasturchilar konferensiyasida ma’lum qilinadi. Joriy yilda u 8—10-may kunlari chiqadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi imkoniyatlardan biri mahsulotlar reklamasi bilan bog‘liq qo‘ng‘iroqlarni avtomatik bloklash bo‘ladi.

Evan Blassning aytishicha, yangi talqin Android Pumpkin Pie yoki Android Pie deb nomlanadi, chunki Google I/O 2018 uchun taqdim etilgan reklamada katta stol ustida pirog turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют