» » Zangiotada Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Zangiotada Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi


Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi ayollar jazoni ijro etish muassasasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

Tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.

“Fond tomonidan tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, mehribonlik, muruvvat va saxovat uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada fond xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilib, turli ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Bugungi bayram tadbiri ham jazoni ijro etish muassasadagi ayollarning ko‘ngliga iliqlik olib kirish, ularni bayram munosabati bilan tabriklash maqsadida tashkil etildi”, — deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bo‘lim boshlig‘i Firdavs Xoliqov.

Tadbir doirasida “Sug‘diyona” xalq cholg‘ulari milliy kamer orkestrining konsert dasturi namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют