» » 1-mart kuni yuz bergan 2 yong‘in oqibatida 5 kishi jabrlandi

1-mart kuni yuz bergan 2 yong‘in oqibatida 5 kishi jabrlandi


Samarqand shahrida 1-mart kuni soat 14:50 larda Jarkent ko‘chasida yashovchi, xo‘jalik mollari do‘koni sotuvchisi, 1981-yilda tug‘ilgan Z.Muqimov do‘kon yerto‘lasida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida gaz quvuridan sizib chiqib xonaga to‘plangan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yong‘in oqibatida Z.Muqimov va yana bir do‘kon ishchisi, 1981-yilda tug‘ilgan D.Norboyev kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 1-mart kuni soat 16:30 larda Pasruxi mahallasida yashovchi, 1952-yilda tug‘ilgan P. Abdullayev uyi oshxonasida gaz balloniga ulangan shlangdan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada P.Abdullayev, birga yashovchi turmush o‘rtog‘i S.Shoimova va kelini F.Majidova kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют