» » Shavkat Mirziyoyev Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qaror qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qaror qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qaror qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining yer qa’ridan foydalanishni nazorat qilish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda.

Qo‘mita huzurida Tog‘-geologiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari tashkil etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi bekor qilinib, o‘rniga qo‘mita huzurida Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil qilinmoqda.

2018-yil 1-apreldan boshlab yer osti suvlaridan maxsus foydalanish va yer osti suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma qo‘mitaning hududiy gidrogeologik stansiyalari tomonidan “yagona darcha” tamoyili asosida beriladi.

2018-yil 1-avgustdan yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar qo‘mita tomonidan belgilangan tartibda, keng tarqalgan foydali qazilmalarga tegishli qismi esa “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha beriladigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют