» » Fotogalereya: Insoniyatni kutayotgan “aqlli” kiyimlar

Fotogalereya: Insoniyatni kutayotgan “aqlli” kiyimlar


Zamonaviy texnologiyalar nafaqat har yili yangi smartfon yaratishga, balki “aqlli” kiyimlarni ishlab chiqishga imkon beradi. HI-tech Mail.Ru ana shunday yuqori texnologiyali kiyimlardan iborat jamlanmani taqdm etdi.

Yoritgichli diodlar o‘rnatilgan ko‘ylak internetga ulangan. Modalar namoyishida ko‘ylakda maxsus xeshtegli tvitlar aks etgan.

Samsung tomonidan ishlab chiqilgan “aqlli” kiyimlar to‘plamiga kiruvchi pidjakning yengida NFC chipi o‘rnatilgan. Chipga telefon raqamlar va elektron pochta manzillarini joylashtirish va boshqa shunday chipli kiyimga tegish orqali ularni ulashish mumkin.

Bolalar paypog‘i bolaning yurak urishi va kislorod darajasini kuzatib boradi. Sog‘lik holati yomonlashganda, paypoqlar qizil rangda yonadi, smartfonga esa bu haqda xabar keladi.

Ko‘ylakdagi bezaklar kichik robotlar bo‘lib, kiyimni istalgan tomonga harakatlantirishga imkon beradi.

Ravean kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan qo‘lqoplar isitishning uchta darajasida ishlaydi. Eng past darajada qo‘lqoplar olti soat davomida batareya quvvati bilan ishlay oladi va ularni kiygan holda smartfonlarni ishlatish mumkin.

Krossovkaga e-ink displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida krossovkaning ustida istalgan suratni aks ettirish mumkin. Shu tariqa har kuni yangi krossovka kiyish mumkin.

Sensoria tomonidan taqdim etilgan “aqlli” paypoqlar yugurish tezligi va tempi, sarflangan kaloriya haqida ma’lumot yig‘adi va ularni smartfonga yozadi.

Qo‘lqopda kichik ovoz chiqarish qurilmasi va mikrofon o‘rnatilgan. Sovuq vaqtida telefonda so‘zlashish uchun qulaylik.

Sovuqda musiqa eshitish va telefonda so‘zlashish uchun yana bir qulay kiyimda ikkita ovoz chiqarish qurilmasi o‘rnatilgan.

O‘z juftini aniqlovchi paypoqlar

Qaysi tomonga og‘irlik ko‘proq tushayotganini aniqlaydi va zararni bartaraf etish uchun qanday qilib to‘g‘ri yurish va o‘tirish kerakligini ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 16:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют