» » Tramp Si Szinpin bir umrga Xitoy rahbari bo‘lib qolishi mumkinligini “ajoyib imkoniyat” deb baholadi

Tramp Si Szinpin bir umrga Xitoy rahbari bo‘lib qolishi mumkinligini “ajoyib imkoniyat” deb baholadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasining Floridada o‘tgan xayriya oqshomida Xitoy Kompartiyasining mamlakat rahbari bo‘lish muddatining cheklanmasligi borasidagi qarorini yoqlab chiqdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Tadbir ommaviy bo‘lmay, kameralarsiz o‘tkazilgan edi. Shunga qaramay, Trampning so‘zlari aks etgan audioyozuv CNN telekanali ixtiyoriga kelib tushdi.

“Xitoy ajoyib, Si ham ajoyib jentlmen. Endi u bir umrlik prezident” , — dedi Tramp.

“Bir umrlik prezident… Bu ajoyib. U buni uddaladi. Bu ajoyib imkoniyat deb o‘ylayman. Balki biz ham vaqti kelib sinab ko‘rarmiz”, — qo‘shimcha qildi AQSh rahbari. Audioda uning bu so‘zlaridan so‘ng to‘planganlar kulgisi va olqishlari eshitiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют