» » Bahraynda teraktlarga tayyorgarlikda gumon qilingan 100 dan ortiq odam qamoqqa olindi

Bahraynda teraktlarga tayyorgarlikda gumon qilingan 100 dan ortiq odam qamoqqa olindi


Bahrayn politsiyasi bitta terrorchi tashkilot a’zolari ekanligi taxmin qilingan 116 kishini qamoqqa oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Mamlakat IIVga ko‘ra, ular neft va ijimoiy infrastruktura obyektlari, shuningdek, kuch tizimlari rahbarlariga hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan. Tintuvlar chog‘ida gumonlanuvchilardan ko‘p miqdorda portlovchi moddalar topildi.

Hibsga olinganlar tayyorgarliklari bilan Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi, Livanning “Hizbulloh” va Iroqning “Asoib al-Haq” shia tuzilmalari shug‘ullanganini tan olgani bildirilmoqda.

Tarmoqning 48 nafar faoli Eron, Iroq va Livandagi lagerlarda mashg‘ulot o‘tagan. Terrorchilarning yetakchilari ushbu davlatlarga qochishga ulgurdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют