» » Londonliklar uchun atalmagan kun. “Chelsi” Manchesterda yana yengildi, “Arsenal” ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatiga imzo chekdi

Londonliklar uchun atalmagan kun. “Chelsi” Manchesterda yana yengildi, “Arsenal” ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatiga imzo chekdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 29-tur bellashuvlari bugun — 5-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Kristal Pelas” — “Manchester Yunayted” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetadi.

Kecha esa Londonning ikki klubi mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Bir tur avval “Old Trafford”da mehmon bo‘lib, “Manchester Yunayted” futbolchilaridan 1:2 hisobida yengilgan “Chelsi”, bu safar Manchesterning boshqa bir klubi “Siti”ga ham qarshilik qila olmadi — 0:1. Shu tariqa Antonio Konte boshchilik qilayotgan jamoa kuchli to‘rtlikdan yanada uzoqlashdi. Boisi bir kun avval “Liverpul” va “Tottenhem” klublari ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritgandi.

“Arsenal” esa o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 8 ta bellashuvning 6 tasida imkoniyatni boy berdi. Ketma-ket to‘rt o‘yinda “to‘pchilar” maydonni boshlari egik holda tark etishdi. “Brayton”ga qarshi o‘yinda ham ular aqalli durangga erisha olmadi.

Arsen Venger jamoasi Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istasa, Yevropa Ligasida zafar quchishi kerak bo‘ladi. Bu musobaqada “Arsenal”ning raqibi “Milan”dir. Birinchi uchrashuv 8-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya Premyer-Ligasi

29-tur bellashuvlari

4-mart, yakshanba

Gollar: Lyuis Dank, 7 (1:0). Glenn Myurrey, 26 (2:0). Pyer-Emerik Obameyang, 43 (2:1).

Gol: Bernardu Silva, 46 (1:0).

5-mart, dushanba

“Kristal Pelas” — “Manchester Yunayted” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют