» » Birinchi marta tuman hokimligi huzurida jamoatchilik kengashi tashkil qilinmoqda

Birinchi marta tuman hokimligi huzurida jamoatchilik kengashi tashkil qilinmoqda


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi qoshida jamoat kengashi — tumanni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda hokimlikka yordam beruvchi konsultativ va maslahat beruvchi organ tuzilmoqda. Bunday tashabbus O‘zbekistonda birinchi marta amalga oshirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Hamkorlikning bunday shakli, bizningcha, xalq bilan muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tamoyiliga bevosita javob beradi”, — deyiladi hokimlikning Facebook’ga joylangan xabarida.

Kengash tarkibiga 21 kishini, shu jumladan, maxsus onlayn-shakl orqali mustaqil tarzda yoki tuman fuqarolari tomonidan nomzodi qo‘yilgan yetti kishini kiritish rejalashtirilmoqda. Bevosita tuman hokimiga bo‘ysunuvchi davlat organlari vakillari va budjet ishchilari kengashga a’zo bo‘la olmaydi.

O‘z nomzodini qo‘yishi uchun hokimlik tumanning xalq ta’limi, jamoat xavfsizligi, biznes, san’at, fan, yoshlar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha jamoatchilik taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lgan faol fuqarolarini taklif qilmoqda.

Ariza topshirish muddati — 6-mart kuni 16:00 gacha. Shu kuni kechqurun kengash tarkibi e’lon qilinadi va birinchi uchrashuvning kun tartibi oshkor etiladi. U 9-martga rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют