» » Nazarboyevning kuyovi Forbes’ning “g‘oliblar” ro‘yxatiga tushdi

Nazarboyevning kuyovi Forbes’ning “g‘oliblar” ro‘yxatiga tushdi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev yana 85 million dollarga boyib, Forbes’ning “g‘oliblar” ro‘yxatiga tushdi. Bu haqda KNews xabar bermoqda.

Amerikaning Forbes nashri ma’lumotiga ko‘ra, qozog‘istonlik biznesmen Timur Kulibayevning boyligi 85,3 million dollarga oshib, 3,3 milliard dollarni tashkil etdi (2018-yilning 4-mart kungi ma’lumotlar).

Bu bilan u bugungi g‘oliblar va mag‘lublar (Today’s Winners & Losers — The World’s Billionaires) rubrikasiga tushdi.

Shu bilan birga, Forbes Kazakhstan reytingiga ko‘ra, 2017-yilda uning boyligi 2,2 milliard dollarga baholangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют