» » Jangarilar Sharqiy Gutadagi aholini gumanitar yordamlar evaziga qo‘yib yuborishni va’da qildi

Jangarilar Sharqiy Gutadagi aholini gumanitar yordamlar evaziga qo‘yib yuborishni va’da qildi


Suriyaning Sharqiy Guta tumanidagi jangarilar gumanitar yordamlar evaziga tinch aholini qo‘yib yuborishga va’da berdi. Bu haqda Rossiya axborot agentliklariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Suriyadagi Rossiya kelishuv markazining ta’kidlashicha, Qizil yarim oy jamiyatining gumanitar yordami Sharqiy Gutaga 5-mart kuni kirishni rejalashtirgan.

Gumanitar yordam uchun yuborilgan yuk mashinalarining soni 45 ta bo‘lib, ularning tarkibida mobil gospital mashinalari ham mavjud. Ularga birinchi darajali ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan 247 tonna oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar ortilgan.

Avvalroq BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyada 30 kunlik yarashuv rezolyutsiyasini qabul qilgandi. Biroq birinchi kunning o‘zidayoq gumanitar operatsiyalar buzilgan, tinch aholi Sharqiy Gutani tark eta olmagan. Suriyadagi urushayotgan tomonlarning yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi jangarilar hech kimni ozod qilmaganini va Damashqning sharqiy qismini bombardimon qilishda davom etayotganliklarini ma’lum qildi.

Reuters’ning xabarlariga ko‘ra, aholi Suriya hukumatidan qo‘rqqani uchun ketishni istamagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют