» » Qarshiga Xavisiz kelgan As-Sadd futbolchilari maglub boldi. Nasaf joy olgan guruhda chalkash vaziyat

Qarshiga Xavisiz kelgan As-Sadd futbolchilari maglub boldi. Nasaf joy olgan guruhda chalkash vaziyat


Ozbekiston vitse-chempioni Nasaf Chempionlar Ligasining ketma-ket ikkinchi uy uchrashuvida minimal hisobdagi galabaga erishdi. Bungacha Amirliklarning Al-Vasl klubini taslim qilgan Roziqul Berdiyev jamoasi, endi Qatarning As-Sadd jamoasidan ustun keldi.

Bellashuvdagi yagona gol 63-daqiqada Aziz Ganiyev tomonidan urildi. Mehmonlar himoyachisi jarima maydonchasi ichida Bobur Abduxoliqovni qopollik bilan toxtatib qolgach, yaponiyalik hakam qatarliklar darvozasi tomon penalti tayin qilgandi.

As-Sadd bungacha Xavi yetakchilik qilgan ikki oyinda 6 ochko ishlashning uddasidan chiqqandi. Bugun, shuningdek, Eronning Persepolis klubi ham Tehronda navbatdagi galabasini qolga kiritdi. Forslar bunga qadar ilk turda Nasaf postiga javobsiz 3 ta gol urishga erishgandi.

Shu tariqa guruhda chalkash vaziyat yuzaga keldi. Yani, biryola uch klub hisobida 6 tadan ochko bor. Qatarliklar 2-davraning ikki oyinini Dohada otkazish imkoniyatiga ega. Nasaf esa aksincha, 2 ta safar oyiniga boradi va faqatgina eronliklarni oz maydonida qabul qiladi.

Chempionlar Ligasi

C guruhi. 3-tur

5-mart, dushanba

Gol: Aziz Ganiyev, 62-pen (1:0).

Gollar: Farshod Ahmadzoda, 36 (1:0). Ali Alipur, 41-pen (2:0).



Manba: Daryo.uz
: admin (5-03-2018, 20:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ...