» » O‘zbekistonda birinchi marta qandli diabet bilan xastalangan bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazildi

O‘zbekistonda birinchi marta qandli diabet bilan xastalangan bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazildi


Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘tkazilgan navbatdagi buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘zining murakkabligi va shifokorlardan nihoyatda katta mas’uliyat talab qilishi bilan ajralib turdi. Gap shundaki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidan kelgan Bekbergan Qo‘chqorov buyrak yetishmovchiligi bilan birga, qandli diabet xastaligidan ham aziyat chekayotgan edi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

— Buyrak transplantatsiyasini o‘tkazishning o‘zi mas’uliyatli yumush. Agar bemorda qandli diabet kasalligi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bir yo‘la uchrasa, bu amaliyot yanada murakkablashadi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qon-tomir jarrohligi va buyrak transplantatsiyasi bo‘limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Fazliddin Bahriddinov — Chunki, qandli diabetda tomirlar toraygan bo‘ladi, bu operatsiya jarayonida og‘ir muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois, jahon tibbiyotida bunday og‘ir operatsiyalarni o‘tkazish uchun malakali mutaxassislar jamoasi, yuqori texnologiyalari sharoitlar talab etiladi. Uzoq yillardan beri qand kasalligi bilan xastalangan bemor Bekbergan Qo‘chqorovga uning 46 yoshli ukasi Shimbergen Qo‘chqorov donorligida buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini muvaffaqiyatli yakunladik. Ko‘rib turganingizdek, bemor va donorning ahvoli juda yaxshi. Ularning har ikkalasi hozir shifokorlar nazoratida. Barcha ko‘rsatmalariga to‘la rioya etilsa, bemor tez orada oyoqqa turib, sog‘lom hayotga qaytadi.

— Yoshim 55 da. 10 yildan beri qand kasalligidan aziyat chekaman, —deydi Bekbergan Qo‘chqorov. — Bu xastalik buyraklarimga ham zarar yetkazdi. Oxirgi bir yarim yil mobaynida gemodializ muolajalari bilan hayot kechirdim. Ammo ahvolim og‘irlashib boraverdi. Rostini aytsam, hayotdan umidimni uzgan paytlarim ham bo‘ldi. Bugun esa o‘zimni dunyoga qayta kelgandek his etmoqdaman. Tibbiyotimizda inson a’zolari transplantatsiyasi bilan bog‘liq operatsiyalar yo‘lga qo‘yilgani men va men kabi yana o‘nlab bemorlarga ana shunday yangi hayot baxsh etdi. Shifokorlarning qo‘llari dard ko‘rmasin.

Hozirda olimlar va shifokorlar transplantatsiya amaliyotlarini yanada takomillashtirish, bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yurak transplantatsiyasini yo‘lga qo‘yishga taraddud ko‘rmoqda. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют