» » Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi


6-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 8—10, kunduzi 17—19 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5—10, kunduzi 17—22 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 2—7, kunduzi 7—12, Xorazm viloyatida 10—15 daraja iliq, Ustyurt bo‘ylab kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 7—12 daraja iliq, kunduzi 15—20, cho‘l hududlarida kechasi 0—5, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 5—10, kunduzi 17—22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 10—15, kunduzi 20—25 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 0—5, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют