» » Kasaba uyushmalari federatsiyasida Prezident farmoni muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Kasaba uyushmalari federatsiyasida Prezident farmoni muhokamasi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi hamkorligida “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir ishtirokchilariga farmon mazmun-mohiyati hamda ahamiyati chuqur tushuntirilib, aholining yashash farovonligi va turmush darajasini oshirish, xodimlarning mehnat qilishi va dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida davlat rahbari tashabbusi bilan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, farmon ijrosini ta’minlash yo‘nalishlarida kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar to‘g‘risida to‘xtab o‘tildi.

Ishtirokchilar farmonga ko‘ra bayram kunlaridagi besh kunlik dam olish kunlarini sermazmun va samarali o‘tkazish, oilaviy hamda jamoaviy sayohat qilish kabi imkoniyatlarga ega bo‘lganlaridan behad mamnun ekanini ta’kidladi.

Tadbirda federatsiya kengashining yuridik bo‘limi mudiri Hamidulla Premkulov hamda Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri Mahmudjon Isayevlar mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют