» » Olimlar “so‘nggi umid antibiotiklari” pnevmoniyani yengishda zaif bo‘lib qolganini ma’lum qildi

Olimlar “so‘nggi umid antibiotiklari” pnevmoniyani yengishda zaif bo‘lib qolganini ma’lum qildi


AQSh shifoxonalarida qo‘llanilayotgan “so‘nggi umid antibiotiki” hisoblanuvchi kolistin pnevmoniyani yengishda zaif bo‘lib qoldi va bu yaqin kelajakda pnevmoniya oqibatidagi o‘lim xavfini oshiradi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Ta’kidlanishicha, bu xavotirli holat bo‘lib, pnevmoniya bakteriyalari boshqa bakteriyalarga qaraganda ko‘proq infeksiya chaqiradi. AQShda avval bunday turdagi pnevmoniya aniqlanmagan.

So‘nggi yillarda bir yoki bir nechta antibiotiklarga chidamli bo‘lgan mikroblarning paydo bo‘lishi shifokorlar oldidagi katta muammolardan biriga aylandi. Ular orasida infeksiyani qo‘zg‘atuvchi kamyob va keng tarqalgan miktroblar bor. Barcha antibiotiklarning o‘z samaradorligini yo‘qotishi real xavfni yuzaga keltirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют