» » Toshkentdagi 165 yillik masjidga tutash uyning xaroba holati tanqid qilindi (foto)

Toshkentdagi 165 yillik masjidga tutash uyning xaroba holati tanqid qilindi (foto)


Ma’lumotlarga ko‘ra, Olmazor tumanidagi “Oxunguzar” jome masjidi 1850-yilda qurilgan. Ushbu masjid o‘zining tarixiyligi va qurilish uslubi bilan ajralib turadi. Tarixiy masjidning yonida joylashgan uyning ayanchli holati masjidga tashrif buyuruvchilar va xorijlik sayyohlarning dilini xira qilishi turgan gap. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy saytiga joylangan xabarda aytiladi.

Mamlakatda sayyohlik sohasiga berilayotgan e’tibor, bu singari kichik kamchiliklar sababli to‘siqlarga uchramasligi zarur, deyiladi xabarda. Bunday nurab ketgan devorlar ham masjid ahliga, ham xorijdan keladigan sayyohlarga salbiy ta’sir etishi aniq. Kim ham nuragan devorni ko‘rib, bino ichiga kiradi? Masjid xodimlari esa kuniga yuzlab sayyohlarga: bu masjid juda mustahkam deb, tushuntira olmaydilar-ku.

Kelgan sayyoh masjid holati yaxshi bo‘lsa-da, yonboshida turgan uy devorining yiqilay deb turganini ko‘rib, ushbu obidani ziyorat qilish niyatidan qaytmasligiga kim kafolat beradi?!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddi tashkilot va mazkur uy vakillarini mavjud holat bo‘yicha tegishli chora ko‘rishga chaqirib qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют