» » Avstraliyadagi plyajdan dunyodagi eng qadimiy shisha idishdagi maktubni topishdi

Avstraliyadagi plyajdan dunyodagi eng qadimiy shisha idishdagi maktubni topishdi


Avstraliyaning Vej-Aylend orolida 132 yil avval jo‘natilgan shisha idishdagi maktubni topib olishdi, deb yozadi The Guardian.

Topilmani avstraliyalik Tonya Illmen plyajda turmush o‘rtog‘i bilan sayr qilib yurganida aniqlagan. U qadimiy shisha idishni uyiga bezak sifatida qo‘yish uchun olgan, ammo ichidan nemis tilidagi bosma matn tushirilgan qog‘oz bo‘lagi chiqqan. Maktub muallifi topilma koordinatalari va sanasini yozib, unga yuborishni so‘ragan.

Shisha idish 1886-yilda Germaniyaning Hind okeanini Avstraliya qirg‘oqlaridan 950 km masofadan kesib o‘tayotgan “Paula” yelkanli kemasidan tashlangani aniqlandi. Kema suvosti oqimlari xaritasini yaratishda qatnashgan. Uni tuzish uchun okeanga minglab shisha idishlar tashlangan, vaqt o‘tishi bilan ularning 662 tasi topilgan va tadqiqotchilarga qaytarib yuborilgan.

G‘arbiy Avstraliya muzeyi mutaxassislari maktubning haqiqiyligini tasdiqladi.

Ginness rekordlari kitobiga ko‘ra, shisha idishdagi eng qadimiy maktub dengizda 108 yil-u 138 kun o‘tkazgan. Tonya Illmenning topilmasi dengizda bundan 24 yilga ko‘proq suzib yurgan bo‘lsa-da, yaponiyalik dengizchining maktubiga tegishli norasmiy rekorddan o‘zib keta olmadi: 1784-yilda yuborilgan maktub Yaponiyaga 151 yil o‘tib — 1935-yildagina yetib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют