» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Il-114-100 samolyotlarini ijaraga beradi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Il-114-100 samolyotlarini ijaraga beradi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Il-114-100 turbovintli samolyotlarini tijorat maqsadida qo‘llashdan voz kechishga qaror qildi, deb yozadi “Kommersant.uz” “Ato.ru”ga tayanib.

Ularni BC Airbus A320ceo/neo samolyotlari bilan almashtirishadi. Uzbekistan Airways bu borada izoh berishdan bosh tortgan. Samolyotlarni esa, Uzbekistan Airways xodimi so‘zlariga ko‘ra, ijaraga berish rejalashtirilmoqda.

MAK parkida Pratt & Whitney Canada tomonidan ishlab chiqarilgan PW-127H dvigatellari bilan jihozlangan oltita Il-114-100 samolyoti bor, ular 2006—2012-yillarda chiqarilgan va 2008—2013-yillarda sotib olingan.

Soha vakili turbovintli mashinalar sig‘imi yetarli bo‘lmay qolganini ta’kidladi va Uzbekistan Airways parkidan Il-114-100 samolyotlarining chiqarib tashlanishini texnik masalalarga bog‘lamaslikka chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют