» » Nigeriyada Lassa bezgagi oqibatida 78 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada Lassa bezgagi oqibatida 78 kishi halok bo‘ldi


Nigeriyada Lassa bezgagi avj olishi oqibatida 78 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda 7-mart kuni CNN telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Xabar berilgan vaqtda Lassa bezgagini yuqtirib olishning 353 holati tasdiqlangan, 766 kishida xastalikka chalinganlik gumon qilingan.

Yana 3 126 kishi kasallikni yuqtirib olganlar bilan aloqada bo‘lganligi uchun kuzatuv ostida ekanligi ma’lum qilindi.

Lassa bezgagi ko‘proq Markaziy va G‘arbiy Afrika mamlakatlarida (Nigeriya, Liberiya, Syerra-Leone, Gvineya, Mozambik, Senegal, Mali va boshqalar) uchraydi. Unga qarshi hozircha vaksinalar mavjud emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют