» » O‘zbekistonda achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda


O‘zbekistonda achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha o‘quv – seminarlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Unda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari hisobga olinib, ishlab chiqilgan takliflar fermer, dehqon xo‘jaliklari boshliqlari va tomorqa yer egalariga yetkazilmoqda. Xususan, Toshkent davlat agrar universiteti Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Janubiy Koreyaning “Kopia” markazi, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida “O‘zbekistonda achchiq qalampir yetishtirishning istiqbollari” mavzusida o‘quv-seminarlari o‘tkazdi.

“Biz Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari ilg‘or fermer xo‘jaliklari negizida achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha tajriba tariqasida bir gektardan qalampirzor tashkil etishga kelishib oldik. Ekiladigan achchiq qalampir ko‘chatlari 40-45 kunlik, 8-10 bargli, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan, barglari to‘q yashil tusda, sog‘lom bo‘lishi lozim. Achchiq qalampir juda o‘ziga xos o‘simlik bo‘lib, uni mevasini ko‘kligida ham qizarganida ham iste’mol qilish mumkin”, — deydi Toshkent davlat agrar universiteti prorektori Maqsud Adilov.

“Achchiq qalampir yetishtirish serdaromad soha bo‘lib, bir gektardagi hosildorlik 15—20 tonnagacha yetadi. Uning quritilganiga talab ko‘pligini hisobga olsak, 1 gektar maydondagi hosildan 3—4 tonna quritilgan achchiq qalampir olinadi. Uning 1 tonnasining narxi dunyo bozorida 8 ming dollar atrofida baholanishi esa hozirga qadar paxtakor xalqimizning tushiga ham kirmagan edi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Agrobank” qalampir yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga qalampir urug‘larini xarid qilish, ekish, ko‘chat va mahsulot yetishtirish, issiqxonalar qurish, moddiy-texnika resurslarini sotib olish, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratishni boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют