» » Ozbekistonda 20182021-yillarda 2200 gektardan koproq limonzorlar tashkil etiladi

Ozbekistonda 20182021-yillarda 2200 gektardan koproq limonzorlar tashkil etiladi


Ozbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi Huquqiy axborot kanali orqali malum qilindi.

Qaror bilan Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi.

Tashkilotlar, fermer xojaliklari va boshqa xojalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil azo bolishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga ega.

Uyushmaning asosiy vazifalaridan biri respublikada limon kochatlarini yetishtirish va limon yetishtiruvchi issiqxona xojaliklarini tashkil etishni kompleks rivojlantirish boyicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, sohada yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsion va eksport siyosati amalga oshirilishiga komaklashish hisoblanadi.

Qaror bilan respublikada limon hosili yetishtirishning umumiy prognoz korsatkichlari tasdiqlandi.

Xususan, 20182021-yillarda jami 2240 gektar yerda limonzor tashkil etilib, undan 2025-yilga kelib 63300 tonnadan ziyod hosil olish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-03-2018, 22:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -