» » Chempionlar Ligasi. Oskarning dubli Odil Ahmedov to‘p suradigan Shanxay klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Chempionlar Ligasi. Oskarning dubli Odil Ahmedov to‘p suradigan Shanxay klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi Chempionlar Ligasining 3-turidan keyin ham peshqadamligini saqlab qoldi.

Shanxayliklar dastlabki ikki turda Yaponiya va Avstraliya klublarini taslim qila olgandi. Bu safar ular Janubiy Koreya jamoasi bilan jangovor durang qayd etdi. Har ikki safar koreyaliklar hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, bunga ikki daqiqa ichida Oskar javob berib turdi.

Odil Ahmedov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi hamda 88-daqiqada o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Uning qatorida braziliyalik uch legioner — Oskar, Elkesen hamda Xalk ham bellashuvda ishtirok etdi.

Bir kun avval o‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi Server Jeparov to‘p surayotgan Eronning “Istiqlol” klubi ham 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Mazkur futbolchilarning jamoasi o‘z guruhlarida peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekistonning turnirda ishtirok etayotgan ikki klubi esa 3-o‘rinlarni egallab turibdi.

Chempionlar Ligasi

“F” guruhi. 3-tur

7-mart, chorshanba

Gollar: Richard Vindbichler, 37 (0:1). Oskar, 39 (1:1). Kim In Sung, 68 (1:2). Oskar, 70 (2:2).

Gollar: Elsinyo, 28 (1:0). Besart Berisha, 36 (1:1). Noborizato, 55 (2:1). Leroy Jorj, 93+ (2:2).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют