» » OAV: Hindistonlik harbiylar Xitoy bilan ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun til o‘rganmoqda

OAV: Hindistonlik harbiylar Xitoy bilan ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun til o‘rganmoqda


Hindistonlik chegarachilar Xitoy tilini o‘rganish bo‘yicha yillik kurslarga jo‘natiladi. Bu haqda The Global Times xabar bermoqda.

Bundan kutilgan maqsad, jumladan, Hindistonni Xitoy bilan ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorlash ekanligi aytildi.

Kurslarga Hind-Tibet chegara politsiyasining 25 nafar xizmatchisi yuboriladi. Bu ularga qo‘shni davlat chegarachilari bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishda ko‘mak berishi bildirilmoqda.

“Xitoy tili va madaniyatini tushunish Hindistoga chegara hududlarni nazoratga olishda yordam berishi mumkin. Shu sababli til o‘rganish strategik tayyorgarlik hamdir”, — deydi harbiy ekspert Sun Chjinpin.

2016—2017-o‘quv yilida 4 nafar hind harbiysi Xitoy tili bo‘yicha kurslarni yakunladi. Ular hozir chegara hududlarida xizmatni o‘tamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют