» » Prezident matbuot kotibi: Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida imzolash uchun 27 hujjat, 140 million dollarlikdan ortiq shartnomalar tayyorlangan

Prezident matbuot kotibi: Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida imzolash uchun 27 hujjat, 140 million dollarlikdan ortiq shartnomalar tayyorlangan


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifidan ulkan natijalar kutilmoqda. Tashrif doirasida imzolash uchun 27 hujjat tayyorlangan. Davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma, fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim ular orasida eng muhimlaridir, dedi Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov.

Shuningdek, tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida umumiy qiymati 140 million dollardan ortiq bo‘lgan tijorat shartnomalari imzolanishi kelishilgan.

“Bilasiz, Prezidentimiz konstruktiv ish olib boradi va masalalarni joyida hal qiladi. Shu nuqtai nazardan, tashrif paytida kelishuvlar miqdori yanada oshishi mumkin”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют