» » O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda birinchi yoshlar biznes-inkubatori ish boshlaydi

O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda birinchi yoshlar biznes-inkubatori ish boshlaydi


Mamlakatda joriy yili birinchi O‘zbekiston—Rossiya yoshlar biznes-inkubatori ish boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

Ikki davlat Yoshlar ittifoqlari o‘rtasida tuzilgan memorandumga muvofiq, O‘zbekiston—Rossiya yoshlar turizmi markazi ham ochiladi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar Turkiya va Janubiy Koreya bilan ham olib borilmoqda.

“Yoshlar ittifoqi ko‘magida joriy yil aprel oyida o‘zbekistonlik 100 nafar yosh tadbirkor malaka oshirish uchun Turkiyaga yuboriladi. Shuningdek, tadbirkorlik sohasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya yoshlar tashkilotlari o‘rtasida ham aloqalarni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda,” — dedi Kamoliddin Beknazarov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют