» » AQShlik politsiyachi 911 qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish dasturidagi nosozlik tufayli o‘ldirildi

AQShlik politsiyachi 911 qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish dasturidagi nosozlik tufayli o‘ldirildi


AQShning Missuri shtati Klinton okrugida 30 yoshli politsiya ofitseri Kristofer Rayan Morton 911 qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish dasturi ishidagi nosozlik tufayli noto‘g‘ri manzil bo‘yicha bordi va otib o‘ldirildi, deb yozadi Forum Daily.

911 xizmatiga Klintondagi uylardan birida ikki ayol janjallashayotgani haqida qo‘ng‘iroq bo‘lgan, u yerga patrulda bo‘lgan uch politsiyachi yo‘l olgan. Ammo qo‘ng‘iroq aslida Klintondan 15 km masofadagi Vindzor okrugidan kelib tushgani keyinroq ma’lum bo‘lgan. Manzildagi xatolik 911 chaqiruv texnologiyasidagi nosozlik tufayli kelib chiqqani taxmin etilmoqda.

Morton yetib kelgan uyda hech qanday janjal kuzatilmagan, ammo qoida bo‘yicha patrul xodimlari uyga kirib vaziyat xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak bo‘lgan. Uy ichidagi 37 yoshli erkak politsiyachilarni o‘qqa tutgan, Morton halok bo‘lgan, qolgan ikki hamkasbi yaralangan.

Uyda yashovchi erkak jinsiy zo‘ravonlik haqidagi ish bo‘yicha qidiruvda bo‘lgani, uning xotini esa metamfetamin saqlash va tarqatish haqidagi ishga aloqador bo‘lgani aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют