» » Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar boshlandi

Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar boshlandi


Dushanbe shahridagi “Qasri Millat” qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat madhiyalari yangradi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Marosimdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon yakkama-yakka muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat xalqi ushbu uchrashuvni uzoq kutganini qayd etdi.

Davlat rahbarlarining o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari siyosiy ishonch darajasini oshirib, O‘zbekiston—Tojikiston hamkorligiga yangi sur’at bag‘ishladi.

2017-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 240 million dollarni tashkil etdi. Bu oxirgi 20 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘zaro tovar yetkazib berish hajmi, xizmatlarni hisobga olmaganda, keyingi ikki yilda 10 marotabadan ortiq ko‘paydi.

O‘tgan yili O‘zbekiston—Tojikiston poytaxtlari o‘rtasidagi aviatashuvlar, temir yo‘l qatnovi qayta tiklandi. Samarqand—Panjikent oralig‘ida A-377 xalqaro avtomobil yo‘li ochildi. O‘zbekiston—Tojikiston davlat chegarasida o‘tkazish punktlari o‘z ishini tikladi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, turizm, madaniy-gumanitar sohalarda va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro qatnovi uchun qulayliklarni oshirish masalalari muhokama etildi.

Ikki mamlakat hukumatlariga o‘zaro savdo hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilish masalalarini o‘rganish topshirildi. Foydalanilmayotgan zaxiralarni ishga solish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi, turli qo‘shma ishchi guruhlar tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, bugungi tahdid va xatarlarga qarshi samarali kurashish masalalari ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют