» » 10-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

10-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?


10-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-12, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 0—5, Xorazm viloyatida 3—8, kunduzi 10—15, Ustyurt bo‘ylab 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qolgan barcha viloyatlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 12—17, kunduzi 20—25, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 7—12, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 7—12, kunduzi 17—22, ayrim joylarda 25 darajagacha iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 12—17, kunduzi 22—27 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 5—10, kunduzi 17—22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 1—6, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют