» » Shavkat Miziyoyev: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida hal qilinmagan masala qolmadi

Shavkat Miziyoyev: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida hal qilinmagan masala qolmadi


Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbedagi muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirgani haqida xabar berilgandi. Muzokaralardan so‘ng erishilgan kelishuvlar bo‘yicha hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, O‘zbekiston—Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan jami 27 ta hujjat imzolandi.

Ushbu salmoqli hujjatlar to‘plami ikki mamlakat va uning qardosh xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish uchun yangicha huquqiy asos yaratadi.

Matbuot anjumanida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralar do‘stona, ochiq va amaliy ruhda o‘tganini, muloqotlar natijasidan mamnunligini ta’kidladilar.

“Biz O‘zbekiston va Tojikistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va boshqa ustuvor sohalardagi munosabatlarini mustahkamlashga doir dolzarb masalalarni muhokama qildik. Buning natijasi sifatida muhim hujjatlar – Davlat chegarasi bo‘yicha shartnoma va Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risida bitim imzolandi. Bugun erishilgan tarixiy kelishuvlar nafaqat xalqlarimiz, balki butun mintaqa uchun ulkan ahamiyatga ega”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xabar qilinganidek, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini avvaliga 500 million dollarga yetkazish haqida so‘z borgan edi. Davlat rahbarlarining samarali muzokaralari, ishbilarmon doiralarning bevosita muloqoti natijasida bu ko‘rsatkich 1 milliard dollarga olib chiqiladigan bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar qolmaganini ta’kidladi. Prezident Emomali Rahmon bu fikrni to‘la qo‘llab-quvvatladi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik asosida yanada mustahkamlashga intilishini bildirdi.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi doirasida umumiy qiymati 143 million dollardan ortiq savdo shartnomalari va kooperatsiya bitimlari, shuningdek, O‘zbekiston banklari tomonidan savdoni moliyalashtirishga 100 million dollar mablag‘ ajratish to‘g‘risida bitim imzolangani ta’kidlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Prezidentini Tojikistonda qanday kutib olishdi? (foto va video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют