» » Shavkat Mirziyoyev: Ozbekiston va Tojikiston ortasida hal qilinmagan masala qolmadi

Shavkat Mirziyoyev: Ozbekiston va Tojikiston ortasida hal qilinmagan masala qolmadi


Avvalroq Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbedagi muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirgani haqida xabar berilgandi. Muzokaralardan song erishilgan kelishuvlar boyicha hujjatlarni imzolash marosimi boldi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Dostlik va yaxshi qoshnichilikni mustahkamlash togrisida qoshma bayonot, OzbekistonTojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari togrisidagi shartnomani imzoladilar.

Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xojaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-talim, sogliqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan jami 27 ta hujjat imzolandi.

Ushbu salmoqli hujjatlar toplamiikki mamlakat vauning qardosh xalqlar ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish uchun yangicha huquqiy asos yaratadi.

Matbuot anjumanida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralar dostona, ochiq va amaliy ruhda otganini, muloqotlar natijasidan mamnunligini takidladilar.

Biz Ozbekiston va Tojikistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va boshqa ustuvor sohalardagi munosabatlarini mustahkamlashga doir dolzarb masalalarni muhokama qildik. Buning natijasi sifatida muhim hujjatlar Davlat chegarasi boyicha shartnoma va Fuqarolarning ozaro qatnovi togrisida bitim imzolandi. Bugun erishilgan tarixiy kelishuvlar nafaqat xalqlarimiz, balki butun mintaqa uchun ulkan ahamiyatga ega, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xabar qilinganidek, Ozbekiston va Tojikiston ortasidagi tovar ayirboshlash hajmini avvaliga 500 million dollarga yetkazish haqida soz borgan edi. Davlat rahbarlarining samarali muzokaralari, ishbilarmon doiralarning bevosita muloqoti natijasida bu korsatkich 1 milliard dollarga olib chiqiladigan boldi.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston va Tojikiston ortasida hal qilinmagan masalalar qolmaganini takidladi. Prezident Emomali Rahmon bu fikrni tola qollab-quvvatladi.Tomonlarikki mamlakat ortasidagi munosabatlarni ozaro ishonch, dostlik va yaxshi qoshnilik asosida yanada mustahkamlashga intilishini bildirdi.

Tashrif doirasida bolib otgan biznes-forum va Ozbekiston milliy sanoat korgazmasi doirasida umumiy qiymati 143 million dollardan ortiq savdo shartnomalari va kooperatsiya bitimlari, shuningdek, Ozbekiston banklari tomonidan savdoni moliyalashtirishga 100 million dollar mablag ajratish togrisida bitim imzolangani takidlandi.

Mavzuga doir:Ozbekiston Prezidentini Tojikistonda qanday kutib olishdi? (foto va video)



Manba: Daryo.uz
: admin (9-03-2018, 17:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 4) ( 3)
:
-
:
20 ... -