» » Tulada “Amfibiya” avtomati seriyali ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

Tulada “Amfibiya” avtomati seriyali ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda


Rossiyaning Tula shahrida mamlakat qurolli kuchlarining maxsus bo‘linmalari uchun suv ostida va quruqlikda otadigan 5,45 millimetr ADS kalibrli Avtomat seriyali ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Avtomat biroz muddatdan so‘ng xorijiy buyurtmachilar uchun ham ishlab chiqarila boshlanadi.

“Ushbu namuna seriyali ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Qurol ishlab chiqarishga hozirlik ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qurol dastlab Rossiya mudofaa vazirligi va Rosgvardiya uchun ishlab chiqariladi. Uni eksport qilishga ruxsat berilgan. Ammo, qurol aynan qaysi mamlakatlarga eksport qilinishiga oydinlik kiritilmagan.

Avtomat quruqlikdan 600 metr masofagacha, suv ostidan esa 25 metrgacha masofadan o‘q uzish qudratiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют