» » Kobulda ro‘y bergan portlashda salkam o‘n kishi halok bo‘ldi

Kobulda ro‘y bergan portlashda salkam o‘n kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston poytaxtining xazoralar istiqomat qiluvchi tumanida ro‘y bergan portlashda 9 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Portlashdan biroz o‘tib bayonot bergan IIV vakili Najib Donish yetti kishi halok bo‘lganini, yetti kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan edi. Endilikda qurbonlar va yaradorlar soni yanada oshdi.

Najib Donishning o‘rinbosari Nusrat Rahimiyga ko‘ra, qurbonlarning biri harbiy xizmatchi, qolgani esa tinch fuqarolardir.

Shia mazhabidagi xazoralar tez-tez radikal diniy oqimlar hujumiga nishon bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют