» » Norvegiya milliy majlisi spikeri parlament binosi ta’miriga ortiqcha mablag‘ sarflangani uchun iste’foga chiqdi

Norvegiya milliy majlisi spikeri parlament binosi ta’miriga ortiqcha mablag‘ sarflangani uchun iste’foga chiqdi


Norvegiya parlamenti raisi Ulemik Tomessen parlament binosi ta’mirining xarajatlari smetada ko‘rsatilgan dastlabki xarajatlardan sezilarli darajada oshib ketgani uchun iste’foga ketdi. Yangi spiker yaqin haftalar ichida saylanadi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Ta’mirlash ishlari 2014-yilda boshlangan. Xabar berilishicha, 2015-yilda loyiha qiymati 1,1 milliard Norvegiya kronasini tashkil qilgan. 2018-yilda bu summa 2,3 milliard kronagacha (taxminan 294 million dollar) ko‘tarilgan.

Auditorlar ta’mirlash vaqtida xarajatlar samarasiz boshqarilganini tasdiqlagan. Shuningdek, parlament ta’mirlashni qurilish bo‘yicha davlat agentligiga topshirish o‘rniga ko‘plab pudratchilar va konsultantlar jalb qilinganini tanqid qilgan.

7-martda parlamentning ko‘pchilik partiyalari Tomessenga ishonchsizlik bildirgan, shu sababli u iste’foga ketgan. U xarajatlar rejalashtirishdagi xato sababli oshib ketganini tushuntirgan. Tomessen 2013-yilning oktabr oyida parlament raisi etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют