» » BMT: Kongoda 2 mlndan oshiq bola ochlik oqibatida o‘lim yoqasida turibdi 

BMT: Kongoda 2 mlndan oshiq bola ochlik oqibatida o‘lim yoqasida turibdi 


Kongo Demokratik respublikasida 2 milliondan oshiq bola ochlikdan oqibatida o‘lim yoqasida turibdi. Bu haqda BMT gumanitar masalalar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Yens Lerke ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Ularga zarur yordam ko‘rsatilmasa, o‘limga mahkum bo‘lishlari aniq. Bu BMTning mamlakatdagi gumanitar xodimlari guruhi bahosi”, — dedi maxsus vakil.

Lerkega ko‘ra, 11-mart kuni BMT gumanitar koordinatori Mark Loukok Kongoga yo‘l oladi va bu yerda vaqtinchalik qochoqlar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganadi. Jumladan, eng ko‘p qochoqlar to‘plangan Tanganika ko‘li mintaqasida bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, mamlakatda 4,5 million kishi uyini tark etishga majbur bo‘lgani bildiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют