» » “Rosatom” O‘zbekistonni yangi loyihalar uchun eng istiqbolli davlat hisoblamoqda 

“Rosatom” O‘zbekistonni yangi loyihalar uchun eng istiqbolli davlat hisoblamoqda 


“Rosatom” Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonni yangi shartnomalar uchun eng istiqbolli davlatlar deb hisoblaydi. Bu haqda korporatsiyadagi manbaga tayanib, “Kommersant” nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

Korporatsiya bosh direktori Aleksey Lixachyovga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida atom energetikasidan foydalanish sohasida imzolangan hukumatlararo kelishuv “O‘zbekiston uchun ulkan milliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki gap o‘zining energetik kompleksini diversifikatsiya qilish, aniqrog‘i, energetik xavfsizligini ta’minlash haqida ketmoqda”.

“Rosatom” o‘zbek tomoniga “loyihani o‘zi uchun qulay vaqtda amalga oshirish”ni taklif etgani bildirilmoqda.

O‘zbekistonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan stansiya qiymati ma’lum emas, biroq ikki bloki 2019—2020-yillarda ishga tushiriladigan shunga o‘xshash Belarus AES uchun 11 milliard dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют