WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Rossiyada 6 metrli lo‘la kabob pishirildi (video)
Rossiyada 6 metrli lo‘la kabob pishirildi (video)
Rossiyaning Stavropolye o‘lkasidagi Mineralniye Vodi shahrida yashovchi biri guruh kishilar rekord kattalikdagi lo‘la kabob bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga umid qilmoqda. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar berdi.
Qiyma kabobning uzunligi 602 santimetrni tashkil qilgan. Rekordni qayd etish uchun zarur bo‘lgan ariza maxsus komissiyaga topshirilgan.
Eng uzun kabob Zmeyka tog‘i etagida tayyorlangan. Butun jarayon videoga olingan va ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.
Xabar qilinishicha, termik ishlov berishdan so‘ng qiyma kabobning uzunligi 560 santimetrgacha qisqargan, shunday bo‘lsa ham, bu natija rekord hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?