» » Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik kechasi” bo‘lib o‘tdi (foto)

Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik kechasi” bo‘lib o‘tdi (foto)


Dushanbe shahrining “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida xalqlar do‘stligining shonli an’analari bugun suv va havodek zarurligi, ushbu bebaho merosni asrab-avaylash va rivojlantirish kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burch ekanini ta’kidladi.

Biz o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash bo‘yicha astoydil harakat boshladik. Niyatimiz yor bo‘lib, ezgu maqsadlarimizga erishamiz, inshoolloh.

Biz do‘stlik va insoniylik nuqtai nazaridan qo‘shnilarimiz bilan, avvalo, qardosh Tojikiston bilan hamisha do‘st va birodar, hamkor va hamjihat bo‘lamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Keyingi paytlarda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. O‘tgan yili ikki mamlakatda O‘zbekiston va Tojikiston madaniyati va san’ati kunlari, ko‘rgazmalar, ijodiy safarlar va ko‘plab boshqa tadbirlar tashkil etildi. Xalqlar madaniy hayotida muhim voqea bo‘lgan ushbu anjumanlar odamlarga katta quvonch bag‘ishladi.

Tojikistonlik ijodiy jamoalar Samarqandda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining doimiy ishtirokchilaridir.

O‘zbekiston estradasining taniqli namoyandalari va Toshkent sirki ijodkorlari gastrollari bilan tojikistonlik san’at muxlislarini xushnud etib kelmoqda.

Bu galgi konsert ham O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi madaniy yaqinlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlarining navbatdagi namoyishi bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют