» » Hafta mobaynida 3 mlrd so‘mlik “chiroyli” raqamlar sotildi

Hafta mobaynida 3 mlrd so‘mlik “chiroyli” raqamlar sotildi


Joriy yilning 26-fevralidan 4-martigacha bo‘lgan vaqt mobaynida onlayn auksionlar orqali 119 ta avtomobil raqam belgisi sotildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan ikki marotaba ko‘p, deya xabar beradi Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati.

Ulardan 104 tasi jismoniy shaxslar, 15 tasi yuridik shaxslarga sotildi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3 milliard so‘mni tashkil qilib, avvalgi hafta ko‘rsatkichiga nisbatan uch baravar ortdi.

Bitimlarning deyarli 80 foizi oliy toifadagi avtoraqamlar, 13,4 foizi 2-toifa hamda 6,8 foizi 3-toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri keldi.

Xaridorlar orasida yetakchilikni Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati, keyingi o‘rinlarni Farg‘ona va Samarqand viloyati haydovchilari egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют