» » Davide Astoridan keyin A seriya yo‘lida davom etadi. “Roma” Chempionlar Ligasi oldidan Turin klubini taslim qildi

Davide Astoridan keyin A seriya yo‘lida davom etadi. “Roma” Chempionlar Ligasi oldidan Turin klubini taslim qildi


Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 28-turi “Roma” — “Torino” o‘yini bilan start oldi. Avvalgi tur “Fiorentina” futbolchisi Davide Astorining vafot etishi sabab qoldirilgandi.

“Roma” kelayotgan hafta Chempionlar Ligasining chorak finali yo‘lida Ukrainaning “Shaxtyor” klubini qabul qiladi. Tomonlarning safardagi o‘yinida “konchilar” 2:1 hisobida zafar quchgandi. Mana shu o‘yin oldidan “bo‘rilar” kayfiyatni ancha ko‘tarib oldi va A seriyada yana bir muhim g‘alabaga erishdi. Bir tur avval rimlik futbolchilar Neapolga borib, “Napoli”dan ustun kelgandi — 4:2.

28-tur doirasida A seriyaning yetakchi klublari ertaga — yakshanba kuni o‘yin o‘tkazadi.

Italiya A seriyasi

28-tur o‘yinlari

9-mart, juma

Gollar: Kostas Manolas, 56 (1:0). Daniele De Rossi, 73 (2:0). Lorenso Pellegrini, 93+ (3:0).

11-mart, yakshanba

“Fiorentina” — “Benevento” 16:30

“Yuventus” — “Udineze” 19:00

“Krotone” — “Sampdoriya” 19:00

“Kalyari” — “Latsio” 19:00

“Bolonya” — “Atalanta” 19:00

“Jenoa” — “Milan” 22:00

“Inter” — “Napoli” 00:45



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют