» » Denov va Peshkuda xonaga yig‘ilib qolgan gazning portlashi holatlari yuz berdi

Denov va Peshkuda xonaga yig‘ilib qolgan gazning portlashi holatlari yuz berdi


9-mart kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida va Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi inshootlarda xonaga yig‘ilib qolgan gazning chaqnashi holatlari yuz berdi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, mahalliy vaqt bilan soat 19:30 larda Peshkuning Valfajir qishlog‘ida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan M.Toshev uyi omborxonasida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida gaz quvuridan sizib chiqib xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada M.Toshev kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, Denovning Bog‘inav mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Big-Burger” kafesida soat 18:20 larda kafe ishchisi, 1999-yilda tug‘ilgan A.Iminov gugurt chaqqan vaqtida shu yerdagi propan gaz balonidan sizib chiqib xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada A.Iminov kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют