» » Video: Ilon Maskning yerosti tonnellari uchun mo‘ljallangan elektrobusi

Video: Ilon Maskning yerosti tonnellari uchun mo‘ljallangan elektrobusi


Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask yerosti tonnellari uchun mo‘ljallangan haydovchisiz harakatlanadigan avtobus konseptini namoyish etdi. Meduza’ning xabar berishicha, bunday yerosti jamoat transporti tizimi loyihasi Maskning The Boring Company kompaniyasi tomonidan tayyorlanmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, ushbu elektrobuslar tezligini soatiga 240 kilometrgacha oshira oladi va o‘zi harakatlanayotgan tonnellar bo‘ylab va yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun ularni yer sathiga olib chiqadigan liftlarda avtomatik harakatlanadi. Bu elektrobuslar uchun bitta avtomobil sig‘adigan standart parkovka joyi hajmida mingga yaqin maxsus liftli maydonchalar qurilishi rejalashtirilgan.

Better video coming soon, but it would look a bit like this: pic.twitter.com/C0iJPi8b4U

— Elon Musk (@elonmusk) March 9, 2018

Maskning ta’kidlashicha, yo‘lovchi va velsoipedchilarni tashish yangi transport tizimi uchun ustuvor vazifa bo‘ladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, The Boring Company avtomobillarni tonnellar bo‘ylab tashish loyihasidan voz kechgani yo‘q, biroq birinchi galdagi masala — yo‘lovchilarni tashishdir.

Los-Anjeles shahri ostida tonnellar tizimini qurish rejalarini Ilon Mask 2016-yil oxirida e’lon qilgandi — dastlabki reja bo‘yicha, bu tonnellar bo‘ylab avtomobillar tashilishi kerak edi. 2017-yil avgustida Los-Anjeles ma’muriyati uch kilometrlik dastlabki tajriba tonnelini qurishga ruxsat berdi. Ichida Tesla avtomobili turgan tonnel bo‘lagi allaqachon jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют